• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHning “ko‘rinmas” kuchi: Amerika sirlarini oshkor etgan asar haqida

    XX asrning 90-yillarida Garvard universiteti professori Jozef Nay yumshoq kuch (Soft power) atamasini ilk marta xalqaro munosabatlar ilm-faniga olib kirdi. Jozef Nay o‘zining “Yetakchilik mas’uliyati: Amerika qudratining o‘zgaruvchan tabiati” nomli asarida yumshoq kuchga quyidagicha ta’rif beradi: “Yumshoq kuch — bu ittifoqchilar bilan biror-bir maqsadga zo‘ravonliklarsiz erishish qobiliyatidir”.

    “Daryo” amerikalik siyosatchi Jozef Nayning “Yumshoq kuch” asarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishida g‘oya muallifi siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov bilan ayni shu asar haqida suhbatlashdi.

    — Asarni birinchi bor o‘qib chiqqaningizda sizda qanday fikrlar paydo bo‘lgan?

    — Dastlab ushbu kitobni talabalik davrimda ingliz tilida o‘qib chiqqan edim. O‘shanda bir olam taassurot olganman va xayolimga birinchi kelgan g‘oya — bu kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘lgan. Bu asarni men Amerika tashqi siyosatidagi yangi qirralarini ochib bergan, geosiyosiy sirlarini oshkor etgan kitob sifatida qabul qilganman.

    Kitobning o‘ziga xos ekanligini Jozef Nayning faoliyatidan ham anglash mumkin. Jozef Nay Garvard va Oksford universitetlarining professori bo‘lgan. Yuqorida siz uni siyosatchi deb aytdingiz, biz Jozef Nayni nafaqat siyosatchi, balki siyosatshunos sifatida ham baholashimiz kerak. Chunki u olim.

    Asarning falsafiy jihati bor. Kitobda kuch tushunchasi, xususan, yumshoq kuch, qattiq kuch va ikkala kuchni birlashtirgan aqlli kuch (smart power)ning mazmun-mohiyati AQSH misolida ochib beriladi. Kitob muallifining aytmoqchi bo‘lgan fikri shundan iborat: “Kuchning kuchi buyruq yoki do‘q-po‘pisa qilishda emas, balki unga hurmat va havas bilan qarashda”. Yaʼni baʼzilar kuch tushunchasi faqat qo‘rqitish va zo‘ravonlikka asoslanadi, deb o‘ylaydi. Lekin kuchning shunday o‘lchami borki, baʼzan u nisbiy bo‘lishi ham mumkin. Jozef Nay o‘z asarida shu jihatlarga eʼtibor qaratgan.

    — Kitob muallifi haqida to‘xtalib o‘tsak. Jozef Nay o‘zi kim?

    — Jozef Nay AQSH Mudofaa vazirligida maslahatchi sifatida ishlagan. Shu jihatdan uni siyosatchi deyish ham mumkin. Siyosatshunos sifatida esa u yumshoq kuch atamasini ilmiy muomalaga kiritgan olim sifatida tan olinadi. Ilk bor Jozef Nay yumshoq kuch iborasini o‘zining “Yetakchilik masʼuliyati” deb nomlangan kitobida birinchi marta ishlatgan. Vaqt o‘tishi bilan bu ibora atrofida bahs-munozara ko‘payib ketganidan so‘ng, unda yumshoq kuch haqida kitob yozish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Jozef Nay “Yumshoq kuch” kitobini yozish orqali bu atamani fanga olib kirgan.

    — Yumshoq kuch o‘zi nima?

    — Qattiq kuchda asosan harbiy va iqtisodiy vositalarga tayaniladi. Yumshoq kuch esa madaniyat, axborot va ilm-fan kabi vositalarga. Yumshoq kuchga ta’riflar juda ko‘p. Lekin asarda yumshoq kuchga berilgan taʼriflar orasida shaxsan menga yoqqani shunday: “Yumshoq kuch — o‘z manfaatlaringizni, o‘zgalar xohish va istaklariga aylantira olish sanʼati”. Bundan tashqari, kitobda AQSHning axborot masalalari bilan shug‘ullanuvchi vakili Nyuton Menuova “g‘oyalar uchun sarflangan 1 dollar mablag‘ bombalar uchun sarflangan 100 dollar qiymatiga teng”, degan fikri keltiriladi.

    Yumshoq kuchning qattiq kuchdan bir qancha afzalliklari bor. Birinchisi — yumshoq kuchga katta mablag‘ sarflanmaydi. Ikkinchisi — yumshoq kuchda ikkinchi tomonning manfaati ham hisobga olinadi. Uchinchisi — yumshoq kuch orqali mamlakatning tashqi siyosiy jozibasi shakllanadi. Yaʼni yumshoq kuchdan foydalangan mamlakat dunyo ko‘z o‘ngida ijobiy gavdalanadi. Qattiq kuchda esa teskari natija bo‘ladi.

    — Yumshoq kuchning manbalari bormi?

    — Jozef Nay o‘z kitobida yumshoq kuch uchta manbaga tayanishini yozgan. Birinchisi — jozibador madaniyat. Ikkinchisi — mamlakat ichida va tashqarisida namuna bo‘la oladigan siyosiy qadriyat. Uchinchisi — huquqiy va axloqiy kuch sifatida namoyon bo‘lgan tashqi siyosat. Lekin kitob mutolaa qilib chiqsangiz, bu uchta manba tarkibiga ilm-fan, axborot va sportni ham qo‘shish mumkinligini anglaysiz. Bularning har biri yumshoq kuch taʼsirida o‘ziga xos rol o‘ynaydi.

    Yumshoq kuch uzoq taʼsir etish qobiliyatiga ega. U vaqtinchalik kuch emas! Hatto u istiqbolda ham taʼsir etishi mumkin.

    – Jozef Nay o‘z asarida Sovuq urush davrida AQSH yumshoq kuchiga asosiy va yagona raqobatchi Sovet Ittifoqi bo‘lganini yozgan. Nima uchun Sovet Ittifoqining yumshoq kuchi bu raqobatda yengildi va Ittifoqning qulashida Amerikaning yumshoq kuchi qanday o‘rin tutdi?

    — Haqiqatan ham, Sovet Ittifoqining yemirilishida yumshoq kuch taʼsiri katta bo‘lgan. Lekin bu bilan Jozef Nay qattiq kuchni inkor etmagan. Balki yumshoq kuch va qattiq kuchning birlashgan kombinatsiyasi orqali Sovuq urushda g‘alaba qozonilganini taʼkidlagan. Bunga muallif o‘z asarida bir qator misollarni keltirib o‘tadi. Misol uchun, AQSH tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy almashinuv dasturlar Sovet Ittifoqiga juda katta taʼsir ko‘rsatgan. 1958–1988-yillar davomida 55 mingdan ortiq Ittifoq aholisi Amerikaga tashrif buyurgan. Bular orasida ko‘plab shaxslar bo‘lib, ular AQSHning ichkaridagi hayoti bilan maʼlum bir maʼnoda tanishgan. Masalan, Aleksandr Yakovlev 1958-yilda Kolumbiya universitetida siyosatshunos olim David Turmen bilan birgalikdagi ilmiy ishlaridan nihoyatda taʼsirlangan. Keyinchalik Yakovlev Politbyuro aʼzosi va Mixail Gorbachyovga taʼsir o‘tkaza olgan shaxsga aylangan. Shuningdek, Jozef Nay o‘z asarida KGB (SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) xodimining “almashinuv dasturlari Sovet Ittifoqi uchun Troya otiga o‘xshaydi”, degan fikrini keltirib o‘tgan.

    Sovet Ittifoqining yumshoq kuchida qo‘rquv ustuvor bo‘lgan. Masalan, ilm-fan, madaniyat va boshqa omillarga siyosiy tus berilgan. Masalan, SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Ustinov harbiy qurollarni kashf etuvchi olimlarga do‘q-po‘pisalar qilgan. Shunda bir yosh olim unga “buyruq bilan kashfiyot qilinmaydi”, degan.

    Bir hikoyani aytib bermoqchiman. Ronald Reygan va Mixail Gorbachyov birgalikda avtomobilda shahar aylanib yurganida, baland sharsharaning oldidan o‘tib qolishadi. Ikki lider avtomobildan tushib, sharsharaning oldiga keladi. Shunda Sovet Ittifoqining rahbari Gorbachyov amerikalik zobitlarning biriga qarab, unga sharsharadan pastga sakrashini aytadi. Shunda amerikalik zobit “yo‘q, sakray olmayman, chunki xotinim va 3 ta farzandim bor”, deb Gorbachyovga javob beradi. Keyin Gorbachyov Sovet zobitiga qarab, sharsharadan pastga sakrashini aytadi. Sovet zobiti o‘ylamasdan, sharsharadan pastga sakraydi. Shundan so‘ng amerikalik zobit pastga tushib, o‘z hamkasbiga yordam bera turib, unga “nega sakrading” deb savol berganida, Sovet zobiti “mening ham xotinim va 3 ta farzandim bor”, degan. Bu bilan aytmoqchimanki, Sovet Ittifoqining yumshoq kuchida qo‘rquv omili katta bo‘lgan.

    — AQSH demokratiyasi yumshoq kuchmi? 

    — Bu savolga ham ha, ham yo‘q deb javob berish mumkin. Bilamizki, AQSH demokratiyani boshqa davlatlarga eksport qiluvchi davlat. Bu demokratik davlatlar uchun jozibador taklif. Demokratiya, haqiqatan, taraqqiyotga erishish uchun samarali vosita. Albatta, demokratiyani AQSHning yumshoq kuchi sifatida baholash mumkin. Lekin bu yumshoq kuchning vaziyatga, vaqtga va makonga bog‘liqligiga eʼtibor berish kerak. Masalan, Amerika filmlari Yevropada va Xitoyda jamiyatga taʼsir etishi mumkin. Biroq Amerika filmlari Saudiya Arabistoni va Pokiston jamiyatiga aks taʼsir qilishi mumkin. Demokratiya ham xuddi shunday narsa!

    AQSHning Yaqin Sharq mintaqasiga olib kirgan demokratiyasiga o‘zingiz guvoh bo‘lib turibsiz. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, AQSH demokratiyani yumshoq kuch sifatida ishlatishga intilsa-da, bu baʼzi joylarda aks taʼsir beradi. Masalan, Qo‘shma Shtatlarning Iroqqa kirishi Yaqin Sharq mintaqasida unga bo‘lgan nafratni kuchaytirib yuborgan.

    — Yumshoq kuch tarkibida ommaviy axborot vositalarining o‘ni qanday?

    — Juda katta! Hatto sarhadi yo‘q, desak ham bo‘ladi. Jozef Nay o‘z kitobida AQSHdagi nufuzli aqliy markazlardan biri hisoblangan Rand Corporation mutaxassislarining quyidagi fikrini keltirib o‘tadi: “Global axborot asrida siyosat hikoyada g‘olib chiqqanlarga tegishlidir!” Yaʼni axborotni kim boshqarsa, o‘sha siyosatni ham boshqaradi. Ko‘ryapmizki, hozirgi informatsion davrda bitta axborot siyosiy, juda katta siyosiy voqealarni o‘zgartirib yubora oladigan kuch darajasiga yetdi. Lekin doim ham axborotni o‘z manfaatlaringizga moslashtira olmaysiz. Chunki axborot cheklanmagan. Mana shunga o‘xshash fikrlar Jozef Nayning kitobida aks etgan.

    — Jozef Nay AQSH yumshoq kuchining dunyo bo‘ylab tarqalishida ommaviy diplomatiya siyosatining o‘rni katta ekanligiga eʼtibor qaratadi. Ommaviy diplomatiya qanday siyosat?

    — Ommaviy diplomatiya — jamoatchilik ko‘z o‘ngida o‘z manfaatlarini amalga oshiruvchi targ‘ibot siyosati. Yaʼni jamoatchilik ko‘z o‘ngida ijobiy taassurot uyg‘otish. AQSH ommaviy diplomatiyasining eng birinchi taʼsir kuchi — almashinuv dasturlari hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar oxirgi 10 yilliklar ichida 700 mingdan ortiq turli ilmiy-madaniy almashinuv dasturlarini amalga oshirgan. Bu juda katta ko‘rsatkich. Nega dunyo olimlarining aksari Amerikaga intilishini shundan ham bilsak bo‘ladi.

    AQSH davlat kotibining ommaviy diplomatiya bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Sharlotta Birsning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning almashinuv dasturi asosida 200 dan ortiq amaldagi yoki sobiq davlat rahbarlari yetishib chiqqan. Bular orasida Gelmut Shmidt, Anvar Saodat va Margaret Tetcher kabi davlat rahbarlari bo‘lgan. Tabiiyki, bu o‘sha davlatda AQSH manfaatlarini amalga oshirishga xizmat qilgan.

    — O‘zbekistonning ham yumshoq kuch manbalari bormi? O‘zbekiston o‘zining yumshoq kuch siyosatini qanday yo‘lga qo‘yishi kerak?

    — Albatta, yumshoq kuch manbalari nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo mamlakatlarida mavjud. Shu nuqtayi nazardan, bugun O‘zbekistonning tashqi siyosatida yumshoq kuchning zarurati nihoyatda kengayib bormoqda va bizning diplomatiyamiz ham shunga tayanadi. Lekin o‘ziga yarasha muammolarimiz ham bor. Masalan, bizning buyuk tariximiz bor, lekin bu tariximizni qanchalar tarannum qila olyapmiz? Misol uchun, tariximizni dunyoga yoya oladigan birorta tarixiy film yo‘q. Chunki kino yumshoq kuchning taʼsirida katta rol o‘ynaydi! Masalan, Janubiy Koreyani oling. Davlatchilik tarixi u qadar uzoq bo‘lmasa-da, tarixiy seriallar olish juda rivojlanib ketgan. Bundan tashqari, Amerika filmlarini butun dunyo sevib tomosha qiladi. Yaʼni yumshoq kuch taʼsirida kinoning ham o‘rni katta. Bizda bu masalada biroz sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.

    Keyingi masala — tarixiy meros masalasi. Bunda YUNESKO bilan hamkorligimizga eʼtibor qaratish kerak. Lekin O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorlik dinamikasiga qarasak, unda biroz pasayish bor. Balki bunga qandaydir tashqi omillar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin O‘zbekistonning tashqi jozibasida YUNESKO katta rol o‘ynaydi.

    O‘zbekistonning yumshoq kuch manbalaridan yana biri — bu o‘zbek tili va xorijdagi vatandoshlarimiz. Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 60 millionga yaqin. Hindiston bu borada juda katta tajribaga erishgan. Dunyodagi hind diasporasi vakillari eng katta korporatsiyalarni boshqaradi. Masalan, Sundar Pichai (Google kompaniyasining boshqaruv direktori), Ajay Banga (Jahon banki guruhi prezidenti), Sati Nedeli (Microsoft korporatsiyasining boshqaruv direktori) shu kabi misollar ko‘p. Dunyo IT mutaxassislarining 35 foizini hindlar tashkil qiladi. Ular mamlakat iqtisodiyotiga juda katta foyda keltiradi. Bizda ham shunday imkoniyatlar bor. Agar xorijdagi vatandoshlarimiz bilan kompleks aloqa o‘rnatsak, tashqi siyosatda yumshoq kuchimiz ancha katta rol o‘ynagan bo‘lar edi.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    12.10.2023, 20:40   Izoh (0)   12033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mudofaa va armiya eng muhimi”. Kichik bir amaldorning o‘g‘li qanday qilib Isroilga asos solgani va uning mustaqilligi uchun kurashgani haqida

    12.10.2023, 20:20

    Isroilning Sderot shahri meri aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi

    12.10.2023, 20:04

    Dubayda odam o‘g‘irlashning oldini olishga yordam bergan ayol faxriy yorliq bilan taqdirlandi

    12.10.2023, 18:35

    Suriya Damashq va Halabdagi aeroportlarga Isroil havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi

    12.10.2023, 18:02

    Yevropa Ittifoqining qarzi uch yil ichida 900 milliard yevroga yetadi

    12.10.2023, 17:30

    “Agar ‘Hizbulloh’ urushga aralashadigan bo‘lsa, javob zarbasi qattiq bo‘ladi” — elchi Aleksandr Ben Svi

    12.10.2023, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.