• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Avtomobillar narxi tushyaptimi? Mashina bozoridan reportaj

    O‘zbekistonda sentyabr oyi oxiriga kelib ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi tushayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ulardan birida aytilishicha, mashina bozorida narxlar keskin tushishi kuzatilmoqda.

    Narx-navo “tashlayapti”. Mayli, tushaversin. Akajon, kambag‘al ham mashina minsin. Bizlarga narxi qancha tushsa, shuncha yaxshi. Iloji bo‘lsa, mashina olmanglar. Bular 15-18 ming dollarga arziydigan mashinalar emas. To‘g‘risini aytgan yaxshi, iloji bo‘lsa olmanglar, og‘aynilar. Tushsin narx-navo. 10 ming bo‘lsin. Maza qilib olib mininglar, bizlar ham maza qilib sotaylik, — deydi mashinalar savdosi haqida fikr bildirgan avtomobil bozoridagi kishi.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov ham o‘zining Telegram kanalida sentyabr oyi oxirida eʼlon qilgan postida ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar tusha boshlaganiga urg‘u bergan.

    “Oxirgi ikki haftadagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ikkilamchi avtomobil bozorida eng likvid hisoblangan Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillari narxida sezilarli darajada pasayish yuz bermoqda.

    Sentyabr boshida yangi Lacetti preyskurant va bozor narxida 5-6 ming dollarlik farq bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu farq uzog‘i 3-4 ming dollargacha qisqargan, yangi Cobalt narxidagi farqlar 5-6 ming dollardan 4-5 ming dollargacha, yangi Damas narxidagi farqlar esa 3-3,5 ming dollardan 2,5-3 ming dollargacha pasaygan. 2022-yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillar narxida ham 10 foiz atrofida pasayish tendensiyasi mavjud”, deb yozadi iqtisodchi.

    Otabek Bakirov mazkur jarayonni uch omil bilan: birinchisi, avgustdagi qo‘shimcha yangi avtomobillar bozorga faol olib chiqilayotgani, ikkinchidan, avgust oyidan boshlab banklar avtokredit berish talablarini ancha qattiqlashtirgani, uchinchidan esa pul o‘tkazmalari qisqarayotgani va narxlar dollarda belgilanishi bilan bog‘lamoqda.

    Haqiqatan ham ikkilamchi bozorda avtomashinalar narxi tushmoqdami? Buni o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil bozoridan reportaj tayyorladi.

    Sergeli avtomobil bozori
    Foto: “Daryo”

    Bozorda 20 yildan buyon avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi Komil Yo‘ldoshevning aytishicha, haqiqatan ham narxlar tushgan.

    “Masalan, avval Tracker’ning premier versiyasi 26 ming dollardan sotilayotgan bo‘lsa, hozir 22 ming dollardan sotuvda turibdi, hatto 21,5 ming dollarga ham bor. Malibu ham tushgan, avval 34 ming dollar deb sotilayotgani 32 mingdan sotilmoqda”, — dedi u.
    Komil Yo‘ldoshev
    Foto: “Daryo”

    Komil Yo‘ldoshevning taʼkidlashicha, avtomobillarning narxi tushishi valyuta kursining ko‘tarilishi va ayrim banklarda avtokerditlarning yopilgani bilan bog‘liq.

    Yana bir sotuvchi Ikrom Ibrohimovning aytishicha, narxlarning tushishi UzAuto Motors tomonidan avtomobillar uchun shartnomalar tuzib, egalariga tezroq yetib borayotgani bilan bog‘liq.

    “Ikki oydan beri savdo yo‘qligining hisobidan narxlar “qaytib” qoldi. UzAuto Motors shartnomalarni qancha ochaversa, narx shuncha tashlayveradi. Hammasi UzAuto Motors’ga bog‘liq. Agar shartnomani yopib qo‘ysa, narx-navo ham “osmon”ga ko‘tariladi. Mana shunaqa tez-tez to‘lab, bir oyda mashina beraversa, narxlar bundan ham pastga tushib ketaveradi.

    Guvohi bo‘lganimiz, Gentra’lar 18 ming dollar edi, hozir 15 ming dollardan beryapti. Malibu’ni 30 ming dollardan sotayotgandik, hozir 27 ming dollardan sotyapmiz. Kerak bo‘lsa zarariga ham bermaymiz. Misol uchun: Jetour mashinasini 3,5-4 ming dollar zarariga ham sotdik. Monza’lar narxi tushib ketdi”,  — dedi sotuvchi.

    Yana bir suhbatdoshning alohida taʼkidlashicha, narxlar asosan yangi avtomashinalar bilan ko‘proq farqlanmoqda. Eski mashinalarda esa katta o‘zgarish sezilmagan.

    Fayzulla Ahmedov
    Foto: “Daryo”
    “Avtosalonlarda shartnoma ochilgandan beri eski Cobalt narxi 500 dollarga tushdi. Lekin juda tushib ketgani yo‘q. Yangi mashinalar biroz arzonlashdi”, – dedi sotuvchi Fayzulla Ahmedov.

    Asosan Cobalt savdosi bilan shug‘ullanuvchi Shavkat Odilovning maʼlum qilishicha, yangi Cobalt 16 ming dollardan 13 ming dollarga tushgan. Bozor va avtosalon narxi bir-biriga yaqinlashib qolgan, o‘rtada 1000-500 dollar atrofida farq bor.

    Foto: “Daryo”

    Xo‘sh, elektromobillarchi? Ularda ham narxlar arzonlamoqdami? Ushbu savolga javob olish maqsadida “Daryo” muxbiri elektromobillar bo‘yicha ekspert Mirzohid Hamroyevdan izoh oldi.

    Mirzohid Hamroyev
    Foto: “Daryo”
    “Elektromobil bozorida ham narxlar arzon bo‘lyapti. Birdaniga 3-4 mingga arzon bo‘lgani yo‘q, lekin sezilarli darajada arzonlashdi. Taxminan, 500-1000 dollar atrofida arzonlashyapti. Menimcha, bu to‘xtaydi. Butunlay arzon bo‘lib ketmaydi. Chunki oldin ham BYD Song Plus boshida 43-44 ming dollar edi. Oxiri taqalib 37 ming dollarga to‘xtab qoldi, undan tushmadi. Keyin yangi BYD Tang chiqqandan keyin uning narxi 34 ming dollarda to‘xtadi, boshqa tushadigan joyi yo‘q”, — dedi Mirzohid Hamroyev.

    UzAuto Motors rasmiy saytida 18-sentyabr kuni Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalar tuzish boshlangani eʼlon qilgandi. O‘sha kunning o‘zida Cobalt, Lacetti uchun shartnomalar tugagani ma’lum qilingan. Ish vaqti tugadi degan vaj bilan barcha avtosalonlarda shartnoma berish to‘xtatilgandi.

    Shartnomalar tezda tugab qolgani bois shartnoma ololmagan xaridorlar “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda “Avtosalonlar o‘nta mashina sotib, salonni yopsa, nega eʼlon beradi” degan mazmunda UzAuto Motors’ga savollar yog‘dirgandi.

    10.10.2023, 22:15   Izoh (0)   28034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda 2 kilodan ziyod opiy vagon ostiga yashirilgani aniqlandi

    10.10.2023, 21:50

    Toshkent viloyatidagi bojxonada gumonlanuvchi ruhiy va jismoniy qiynoqqa solingani aytildi

    10.10.2023, 21:40

    Samarqandda sud raisi nojo‘ya xatti-harakatlar qilgani aniqlandi

    10.10.2023, 21:35

    Botanika bog‘ini hokimlik balansiga o‘tkazish uchun bir qancha boshqarmalar Ekologiya vazirligi bilan kelishgani haqida xabarlar tarqaldi

    10.10.2023, 21:12

    “Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi 11 ta noqonuniy qurilma buzdirildi

    10.10.2023, 19:35

    Chevrolet Traverse — o‘ziga xos dizayn va yuqori sifatni uyg‘unlashtirgan avtomobil!

    10.10.2023, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.