O‘zbekiston hududiga 12—14-oktyabr kunlari nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Unga ko‘ra, 12—13-oktyabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. 13-oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 13—14-oktyabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi. Shimolda 1-3 darajagacha pasayishi kutilmoqda
Izoh (0)