Anvar Sayfutdinov Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anvar Nazarovich Sayfutdinov 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent davlat Texnika universitetini, 2009-yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda boshlab, Navro‘z-FT MCHJ, Sanico Trading xususiy korxonasi, Shinkonrakttorg shu’ba korxonasi va Sanico Group MChJda rahbarlik lavozimida ishlagan.
2019-yil sentyabr oyida Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ish boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil aprelidan buyon Mirobod tumani hokimi vazifasida ishlagan Shuhrat Po‘latov 2023-yil yozida “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahri filiali bosh direktori etib tayinlangandi.
Izoh (0)