Namangan viloyatining Norin tumanidagi tekstil korxonalaridan birida xodimlarning zaharlanishi kuzatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Korxona xodimlari tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan va tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Norin tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Naima Xolmirzayeva
Foto: Asilbek Abduvaliyev
Besh nafar bemorda zaharlanish alomatlari kuzatilgan. Ularning hamkasblari ham bundan xavotirlanib kasalxonaga kelgan, lekin tekshiruvlar davomida ularda noxush holatlar aniqlanmadi va uylariga qaytarildi. Bemorlarning qon tahlillari olingan, natijalar chiqqanidan so‘ng yana qo‘shimcha maʼlumot berish mumkin, — deydi tibbiyot birlashmasi rahbari Naima Xolmirzayeva.

Foto: Asilbek Abduvaliyev
Hodisa korxona yonida joylashgan gaz quyish shoxobchasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu yerda olib borilgan taʼmirlash ishlari chog‘ida gaz sizishi ro‘y bergan va xodimlarning zaharlanishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Asilbek Abduvaliyev
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)