Saxi Annaklichev “Qishloqqurilishbank” negizida tashkil etilgan “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deb xabar beradi “Yuz.uz”.
U mazkur tayinlovga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Qishloqqurilishbank”ning avvalgi raisi Alisher Muratov esa raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 4-sentabrdagi qarori bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etilgandi. Bank tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda kichik biznes loyihalari uchun qulay shartlarda 7 yilgacha bo‘lgan muddatlarda kreditlar ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida kichik tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” va faoliyatini kengaytirishi uchun mutlaqo yangi yondashuvlar joriy qilinishi, buning uchun, eng avvalo, “Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantirilishini aytgandi. Prezident ushbu yangi bankning faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham yangicha bo‘lishini ta’kidlagan.
Izoh (0)