Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Qatarning sobiq bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Qatarning yetakchi kompaniya va korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
Davlat rahbari ekspertlar guruhini shakllantirish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.
Izoh (0)