Daryo

Qatar va O‘zbekiston qanday kelishuvlarga erishgani ochiqlandi 

Shuningdek, bir qator sohalarda hujjatlar imzolandi

1 daqiqa o‘qish17 450 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • O‘zbekiston hukumati va Qatar hukumati o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Qatar Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Qatar Investitsiya agentligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Qatar Ma’muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi va Doha dinlarararo muloqot xalqaro markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Qatar Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qatar Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qatar Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar