Qirg‘izistonda monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmati xodimlari butun mamlakat bo‘ylab non narxlari monitoringini olib bordi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qolipli non narxi barqarorligicha qolgan, tandir non va yopgan non narxi esa biroz oshgan. Hozirda mutasaddilar non narxini barqarorlashtirish, shuningdek, xarajatlarni ushlab turish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Bishkek shahrida 6 ta yirik va 23 ta kichik korxona turli xil non ishlab chiqaradi. Poytaxtdan tashqari ular Qora-Baltadan Bistrovkagacha bo‘lgan aholini non bilan ta’minlaydi. Monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmati non narxini kuzatib boradi va narxlarni barqaror darajada ushlab turish ishlarini davom ettirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)