Toshkent shahrining uch tumani: Chilonzor, Uchtepa va Mirobod tumanlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Chilonzor, Uchtepa va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga 22-sentabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Lutfiy”, “1-Qatortol”, “Nafosat”, “Qatortol” va “Cho‘ponota” mahallalari.
- Aholi xonadonlari soni – 7834 ta;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni – 34 ta.
Uchtepa tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Guzar”, “Ko‘hna Cho‘pon ota” va “Bog‘iston” mahallalari.
- Aholi xonadonlari soni – 38 ta (ko‘p qavatli uy);
- Ulgurji isteʼmolchilar soni – 23 ta.
Mirobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Baynalminal” mahallasi.
- Aholi xonadonlari soni – 139 ta;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni – 2 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)