O‘zbekistonda joylarda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois 25 ta tuman va shaharda sanoat hajmi 10 foizdan ko‘paygan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘zatov, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Andijon, Olot, Shofirkon, G‘allaorol, Kitob, Nishon, Konimex, Chortoq, Oqdaryo, Bulung‘ur, Ishtixon, Paxtachi, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Qiziriq, Parkent, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari, Kattaqo‘rg‘on va Nurafshon shaharlarida sanoat yuqori sur’atda o‘sgan.
Jumladan, to‘qimachilik korxonalarini ko‘paytirish orqali, sanoat ko‘rsatkichini Bandixon 45 foizga, Qiziriq 18 foiz, Olot va Buvayda 15 foizdan, Kegeyli 14 foiz, Oqdaryo va Boysun 13 foizdan, Andijon tumani 10 foizga oshirgan.
Izoh (0)