Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Global ishlab chiqarish va transport-logistikadagi uzilishlar, hamkor davlatlardagi inflyatsiya sanoat ishlab chiqarish va eksport bo‘yicha rejalarni xavf ostida qoldirayotgani ta’kidlandi. Bunday sharoitda har bir hokim va tarmoq rahbari mahsulotlar hajmini oshirish va eksportga yangi bozorlarni topish uchun har kuni bosh qotirib, qattiq ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qaysi viloyat, tuman hokimi o‘zi korxonalar bilan ishlab, muammosiga yordam berib, harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘zgarish bo‘layotgani qayd etildi.
Izoh (0)