Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat rahbari administratsiyasini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra administratsiya rahbari o‘rinbosarlari lavozimlari tugatildi.
“Ushbu hujjatga muvofiq, Prezident administratsiyasining yangilangan tuzilmasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- Prezident administratsiyasi rahbari;
- xavfsizlik kengashi kotibi;
- Prezident kanselyariyasi rahbari;
- prezident yordamchilari;
- prezident maslahatchilari;
- Prezident administratsiyasi bo‘limlari”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, prezidentning ichki siyosat va kommunikatsiyalar, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, huquq, shuningdek, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yordamchilari lavozimlari tashkil etilmoqda.
Izoh (0)