Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush paytida 2024-yilda saylovlar o‘tkazilsa, prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yishini aytdi. Bu haqda RTP xabar berdi.
“2024-yilda urush davom etsa, saylovlar o‘tkazilsa, hech qachon o‘z davlatimni tashlab qo‘ymayman. Chunki men Konstitutsiyaning kafolatiman va har qanday holatda ham uni himoya qilaman”, — dedi Ukraina prezidenti.
2019-yilgi saylovlar oldidan Zelenskiy bor-yo‘g‘i bitta prezidentlik muddati uchun nomzodini qo‘yishini va ikkinchi marta qatnashmasligini va’da qilgandi.
Ukrainada navbatdagi parlament saylovlari 2023-yilning kuzida, prezidentlik saylovlari esa 2024-yilning martida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Ukraina Konstitutsiyasi mamlakatda harbiy holat joriy qilingan taqdirda saylov o‘tkazishni taqiqlaydi.
Izoh (0)