4-sentabr kuni Sochida Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Haqiqatan ham, muzokaralar dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kunning yarmiga mo‘ljallangan”, — dedi Peskov jurnalistlarning Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvi haqidagi maʼlumotni tasdiqlash haqidagi so‘roviga javoban.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Erdo‘g‘on va Putin o‘rtasidagi uchrashuv don kelishuvini tiklash uchun oxirgi imkoniyat ekanini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)