Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 3-turida “Manchester Siti” 27-avgust, yakshanba kuni “Sheffild” mehmoni bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim “shaharliklar”ning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. 37-daqiqada Erling Holand penaltidan unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa Holand xatosini to‘g‘rilab, 63-daqiqada gol urdi. 85-daqiqada Jayden Bogl muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Rodri yana bir bor manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi va ushbu gol jamoaga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari turnirdagi uch o‘yinda uchta g‘alabani rasmiylashtirib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
APL
3-tur
27-avgust, yakshanba
“Sheffild” — “Manchester Siti” 1:2
Gollar: 0:1 – 63 Holand, 1:1 – 85 Bogl, 1:2 – 88 Rodri.
“Sheffild Yunayted”: Foderingem, Boldok (Bogl, 71), Robinson, Igan, Ahmedhojich, Osborn (Larusi, 17), Norvud (Bashem, 80), Hamer, Vinisius, Traore, Osula (Makberni, 71).
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Gvardiol, Kovachich (Foden, 86), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand, Alvares.
Ogohlantirishlar: Boldok (45), Osula (59), Vinisius (77), Igan (83).
Izoh (0)