“Zug‘ulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidentini rasman kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/Risolat/1k.jpg)
O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.
![](/static/Risolat/2k.jpg)
Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.
![](/static/Risolat/3kk.jpg)
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.
![](/static/Risolat/5kk.jpg)
![](/static/Risolat/6k.jpg)
![](/static/Risolat/7k.jpg)
![](/static/Risolat/8k.jpg)
![](/static/Risolat/4kk.jpg)
Izoh (0)