Yozda namoyish etilgan “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi”, “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmlari kinokompaniyalarga 100 mln dollargacha zarar keltirishi mumkin, chunki ushbu kinokartinalar butun ijara muddati davomida kinoteatrlarda yetarlicha mablag‘ ishlab topmagan. Variety nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Xarrison Ford va Tom Kruz ishtirokidagi filmlarning har biri 100 million dollar yig‘adi, ammo “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi hali ham o‘z budjetini oqlash uchun juda kam imkoniyatga ega.
Ikkala film ham studiyalarga 300 million dollarga tushdi (marketing xarajatlarini hisobga olmaganda), “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” filmi butun dunyo bo‘ylab prokatlarda 375 million dollar, “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” kinokartinasi esa 523 million dollar ishlab topgan. Tom Kruz ishtirokidagi film 12-iyul kuni kinoteatrlarda namoyish etildi.
Boxoffice Pro nashrining bosh tahlilchisi Shon Robbins ikkala blokbaster ham, agar pandemiya davrida yaratilmaganida studiyalarga arzonroqqa tushishini, bu esa filmni yaratish jarayonida budjetning oshishiga xizmat qilganini aytgan. Bundan tashqari, soha mutaxassislari ikkala film ham onlayn-kinoteatrlarga chiqqandan so‘ng o‘z budjetlarini oqlay olishini ta’kidlamoqda.
“Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” filmi 29-avgust kuni, “Uddalab bo‘lmas topshiriq” loyihasi esa 10-oktabr kuni raqamli platformalarga chiqariladi.
Izoh (0)