22-avgust kuni ANORBANK tashkil etilganiga 3 yil bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida bank tez rivojlanayotgan raqamli bank imidjiga ega bo‘lib, moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlay oldi.
Yildan yilga bank mijozlarga ularning ehtiyojlarini inobatga olgan va tushungan holda xizmat ko‘rsatish uchun yanada qulay sharoitlar yaratib bormoqda. ANORBANK moliyaviy farovonlikka erishishga yordam beruvchi yuqori sifatli xizmatlar va yechimlarni taqdim etishga intilib keladi.
Har oy 1 milliondan ortiq odamlar muntazam ravishda bank xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanadi. Ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalangan holda ANORBANK o‘z mijozlari uchun moliyaviy operatsiyalarni soddalashtiradigan va vaqtni tejaydigan zamonaviy va qulay raqamli mahsulotlarni taqdim etadi.
ANORBANK o‘z mijozlariga so‘nggi 3 yil davomida ishonch bildirib kelayotganlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.
E’tiboringizga ANORBANKning 3 yilligiga bag‘ishlangan videoni taqdim etamiz!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)