Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 22,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 100,02 so‘m bo‘ldi. Yevro 62,64 so‘mga oshib, 13 190,23 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,18 so‘mga pastlab, 128,32 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 078,01 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Mamlakatda dollar kursi 10-avgustdan buyon 12 ming so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)