• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Umrada ham orqamdan kuzatib yurgan ekan”. Ruhiy nosog‘lom muxlislar ta’qibiga uchragan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    Xorijlik san’atkorlar muxlislar ta’qibiga uchragani va unga suiqasd uyushtirishga urinishgani haqida ko‘p eshitganmiz. Qarangki, o‘zbek san’atkorlari orasida ham bunday “muxlislar”dan bezor bo‘lganlar bor.

    Feruza Normatova: “Umra safarigacha kuzatib borishibdi”

    Foto: Instagram /@feruzanormatova

    — Avvaliga bu haqida aytishimni ota-onam istashmagan edi. Atrofimda psixopad insonlar paydo bo‘lib qolgan. Hatto, Sirdaryodagi uyimning ham manzilini topib boribdi. Undan keyin Toshkentdagi uyimga ham keldi. Eshikni ochmay, “Kim bu?” desam ismini aytib, gapi borligini aytyapti. Hayronman, u qulfli eshikni qanday ochdi? Eng hayratlanarlisi, u oilam bilan Umra safariga borganimda ham xuddi o‘sha guruh bilan borgan. Aeroportda telefonimning quvvati tugab, bir muddat quvvatlagich oldida turganman. Instagram sahifasini kuzatsam bir chekkada turib, meni videoga olgan va tarmoqqa joylashtirgan. U ortimdan izma-iz kuzatgan. Turfirma bilan bog‘lansam, men Instagram’ga reklama joylagan kunim joy bron qilgan ekan. Unga nima kerak, hayronman. Yaqinda avtoturargohda tursam bir yigit kelib, “Eshikni oching” deb ta’qib qilgandi. O‘ylab qarasam bu voqealarning bari bir-biriga uzviy bog‘liqdek tuyulyapti. Shu bois aka-ukalarim bilan bir uyda turishga qaror qildim. Meni yolg‘iz deb o‘ylayotganlar adashadi, — deydi aktrisa Feruza Normatova.

    Munisa Rizayeva: “Ikkita qo‘riqchimni pichoqlashgan”

    Foto: Instagram / @munosarizaeva

    — To‘yda qiziqarli voqealar bilan birga xavfli vaziyatlar ham bo‘ladi. Chunki kimning nima maqsadda ekanligini bilmaysiz. Keyingi paytlarda yoshlar orasida pichoqbozlik holatlari ko‘payib ketgan. Ilgari yigitlar urishish paytda pichoq chiqarishsa, “O‘zing urisholmaysanmi?” deb mazax qilishardi. Hozir aksincha, oldida pichoq olib borish obro‘dek bo‘lib qolgan. Yaxshi hamki, bunday vaziyatlarning oldini oladigan, ularga qarshi chora ko‘radigan ichki ishlar xodimlari bor. Ikki marta qo‘riqchimni pichoqlashgan.

    Bittasining oyoqlariga tiqilgan pichoqni ko‘rib, qo‘rqib ketganman. Yaxshiyamki, ularni tezda kasalxonaga olib borganmiz. Bu ishni qilganlar esa tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan. Bunday vaziyatlarga ko‘p uchraganim uchun ko‘nglim bo‘lmagan to‘yxonada qo‘shiq kuylamayman. Chunki ko‘nglim bo‘lmay kirgan to‘yxonada mushtlashuv yoki hech bo‘lmaganda chiroq o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘ladi, — deydi xonanda Munisa Rizayeva.

    “G‘ayrat Usmonov kelmasa, o‘zimni tomdan tashlayman, degan”

    Foto: Instagram /@gayratusmonov

    — To‘ylar, konsertlar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘ladi. Sizga eng kulgili va eng qayg‘ulisini aytib beraman. Xullas, vohada xizmatda edik. Bir kundan keyin stadionda konsert berishimiz kerak edi. Ashaddiy muxlislardan biri bir kun avval tunab qolgan mehmonxonamizga borib, “G‘ayrat Usmonov bilan uchrashmoqchiman”, debdi. Mehmonxona xodimi ketganimni aytgan. Ammo singlimiz gapiga ishonmay, xodim bilan janjallashgan. Eng yomoni, mehmonxona yaqinidagi to‘rt qavatli binoning tomiga chiqib, “G‘ayrat Usmonov kelmasa, o‘zimni shu yerdan tashlayman”, deb tahdid qilgan.

    Baqir-chaqirdan keyin tuman rahbarlari ham o‘sha yerga borishgan. Jahl otiga mingan muxlisa singlimizni tinchlantirish oson kechmagan. Ertasi kungi konsertda old qatoriga o‘tkazib, vaziyatni yumshatganmiz. Keyinchalik bilsam, u bir kun avvalgi to‘yda men bilan suratga tusholmaganining alamidan shunday qilgan ekan.

    Lola Ahmedova: “U nosog‘lom inson ekan”

    Bir necha yil avval Lola Ahmedovaning “ashaddiy muxlisi” gazetalarga maktub yo‘llab, uni chop etmasa, sudga berish bilan tahdid qilar edi. Vaziyat shunchalik jiddiylashdiki, u xonandaning oilasi haqida ham bo‘htonlar yozib, tarqatdi.

    Foto: Instagram / @lolaahmedova

    — Bu inson bilan ro‘baro‘ keldim. Suhbatlashdim. O‘zimni ko‘rsa, sen bilan ishim yo‘q, deydi. Lekin buning tagiga yetganimizda u kishining ruhiy nosog‘lom ekanligini aniqladik. Yoki bu ish kimgadir kerakmikan? Buni vaqt ko‘rsatadi. Bu insondan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirganimizdan so‘nggina qutuldik. U haqiqatan ham nosog‘lom, noadekvat inson. U inson mening muxlisim bo‘lganida, tinchimni buzmasdi. U tufayli ancha ovora bo‘ldim, asablarim buzildi. Prokuratura xodimlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. U achinishga loyiq. Uning onasi bilan suhbatlashishganida, “O‘g‘lim Lolaning muxlisi, uni yaxshi ko‘radi, men hech narsa qilolmayman” degan ekan. U inson 42 yoshida bo‘lishiga qaramay, oila qurmaganligi uning ruhiy nosog‘lom ekanligini tasdiqlaydi, — deydi xonanda Lola Ahmedova.

    Anvar Sanayev: “Sudga berib qutildim”

    Foto: “Daryo”

    — Aslida xonanda muxlislar uchun ijod qiladi, ammo barmoqlar barobar bo‘lmaganidek, fanatlar ham turlicha bo‘ladi. Eshigimning tagiga kelib, “Anvar Sanayevni ko‘rmaguncha ketmayman”, deganlar ham bo‘lgan. Uyda bo‘lsam ular bilan uchrashaman, ammo xizmat safari bilan ketganimni aytishsa ham ketmay bir necha kunlab kutganlar bo‘lgan. Bir muxlisa qiz bo‘lardi, “Menga uylaning” deb xat yozaverardi. Avvaliga, buni shunchaki hazil deb o‘yladim. Qarasam, bu ta’qibga aylanib ketyapti. Oxiri uni sudga berishga majbur bo‘ldim. Mana shundan keyin tinchidi, — deydi xonanda Anvar Sanayev.

    18.08.2023, 12:37   Izoh (0)   58339
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britni Spirs, Jennifer Lopes va ashaddiy muxlislari ta’qibiga uchragan boshqa mashhurlar (foto) 

    10.07.2023, 17:55

    “79 yoshida 7-marta ota bo‘ldi, lekin 19 yoshli nabirasidan ayrildi”. Robert De Niro hayoti davomida nimalarni qo‘lga kiritdi va nimalarni yo‘qotdi?

    18.08.2023, 09:35

    Jinoyatchilikdan kino olamiga: Baxtli tasodif tufayli Gollivudga kirib kelgan mashhur aktyorlar (foto)

    17.08.2023, 17:57

    Britni Spirs turmush qurganidan 14 oy o‘tib ajrashayotganini ma’lum qildi

    17.08.2023, 16:35

    Bir nechta xorijiy tilda erkin so‘zlasha olishi bilan muxlislariga ibrat bo‘la oladigan o‘zbekistonlik san’atkorlar  

    17.08.2023, 12:50

    “Ommaning nafratiga chidash oson bo‘lmagan”. Onalikni karyerasidan afzal ko‘rgan Ayshvariya Ray shov-shuvga sabab bo‘lgan qomatidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi

    17.08.2023, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.