Neymar “Al-Hilol”dagi 2 yillik faoliyatidan so‘ng “Barselona”ga qaytmoqchi.
31 yoshli futbolchi saudiyaliklar taklif qilgan shartnomani uzaytirish huquqidan foydalanmaydi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Braziliyalik hujumchi JCH—2026 dan avval “Barselona”ga qaytmoqchi.
Neymar Saudiya Arabistonidagi 2 yili mobaynida 320 million yevro ishlab topadi.
Kataloniyaliklar futbolchini ijaraga olmaydi. Neymarning o‘zi mavsumlar oralig‘ida Ispaniyaga qaytishga va maoshi pasayishiga rozi bo‘lgandi. Biroq, “ko‘k-anorranglilar”dagi moliyaviy cheklovlar bunga yo‘l qo‘ymadi.
Izoh (0)