“Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini “Real”da davom ettiradi. Bu haqida Madrid klubi rasmiy sayti ma’lum qildi.
Golkiper madridliklar safida ijara asosida harakat qiladi. Futbolchini sotib olish varianti ko‘rib chiqilmaydi. Kepa 2024-yil iyun oyida “Chelsi”ga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real”ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jiddiy jarohat olgach, “qaymoqranglilar” uning o‘rnini to‘ldiruvchi darvozabon izlagan edi.
Transfermarkt Arrisabalaganing transfer narxini 18 million yevroga baholagan. 28 yoshli posbonning “Chelsi” bilan shartnomasi 2025-yil iyun oyida o‘z nihoyasiga yetadi.
Izoh (0)