“Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedo faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin.
Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar 21 yoshli futbolchi borasida kelishuvga erishgan. “Aristokratlar” Kaysedo uchun 115 million funt to‘lab beradi. Shuningdek, “Brayton” ekvadorlik futbolchining keyingi transferidan ham ulush oladi.
Moyses londonliklar bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Ushbu transfer amalga oshsa, APL tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Hozircha bu rekord Deklan Raysga tegishli (futbolchi “Vest Hem”dan “Arsenal”ga 100+5 million funt evaziga o‘tgan). Ikkinchi o‘rinni esa Jek Grilish egallagan (“Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga 100 million funt evaziga o‘tgan).
Izoh (0)