• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha bir-qator ishlar amalga oshirilmoqda.
     
    Jumladan, joriy yildan boshlab maktabning 9 va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.

    Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (“e-shahodatnoma.uz”) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilindi.

    Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam hisoblanadi.

    Infografika: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tilida shakllantiriladi.

    Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

    Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

    Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.

    Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

    Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

    Attestat dublikatini olish muddati 7 kun qilib belgilandi. Bu o‘quvchi va ota-onalarning vaqtini tejash, ularni ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishga katta yordam berishi aniq.

    Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

     
    Avval fuqaro attestat dublikatini olish uchun maktabga borishi, 3 ta hujjat taqdim etishi va  30 kungacha kutishiga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqt va asabning behuda sarflanishiga sabab bo‘lgan.

    Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostirifikatsiya) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ham davlat xizmatlari markazi yoki “my.gov.uz” elektron portali orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyuldagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (“my.gov.uz”) orqali 5 ta turdagi davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda. 

    Ma’lumot uchun 2023-yil davomida:

    • 35 571 nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi;
    • 9 307 nafar fuqaroning eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalari qabul qilindi;
    • 684 nafar xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olgan fuqaroning hujjatlari nostrifikatsiya qilindi;
    • 145 nafar chet el fuqorasining farzandlari maktabga qabul qilindi;
    • 11 416 nafar ota-ona farzandini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalandi.

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

    14.08.2023, 16:23   Izoh (0)   8802
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    14.08.2023, 16:11

    O‘zbekistonda “Fuqarolar uchun budjet”ning 2022-yilgi ijrosi eʼlon qilindi

    14.08.2023, 15:49

    “Zakovat” I Osiyo ochiq chempionati yakunlanib, g‘oliblar taqdirlandi (foto)

    14.08.2023, 15:33

    Ohangaronda ekoinspektorga tan jarohati yetkazilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.08.2023, 15:05

    Qashqadaryoda qizning shaxsiy foto va videolarini tarqatmaslik uchun 400 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    14.08.2023, 14:28

    O‘zbekistonda olti oyda 107,5 mln dollarlik mobil telefon import qilindi

    14.08.2023, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.