Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 500 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasi xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-08-13_21-01-58.jpg)
Maʼlumotlarga ko‘ra, 1097 nafardan ortiq voyaga yetmaganlar turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.
“Bu raqamlar yakuniy emas. Ularni urush joylarida, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda aniqlash ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Donetsk viloyatida 485, Xarkovda 298, Kiyevda 129, Xersonda 118, Zaporojyeda 99, Nikolayevda 97, Dnepropetrovskda 94, Chernigovda 71 va Luganskda 67 nafar bola jabrlangan.
Izoh (0)