Ukrainada viloyat harbiy komissariyatlarining barcha boshliqlari ishdan olinadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Milliy mudofaa va xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.
“Bu bizning qarorimiz. Biz barcha viloyat harbiy komissarlarini ishdan bo‘shatamiz. Bu tizimni urush nima ekanligini, urush paytida befarqlik va poraxo'rlik xiyonat ekanligini aniq biladigan odamlar boshqarishi kerak.
Frontda bo‘lib, sog‘lig‘ini yo‘qotgan, oyoq-qo‘llaridan ayrilgan, ammo o‘z qadr-qimmatini saqlab qolgan jangchilarga bu tizimni ishonish mumkin. Bosh qo‘mondon Zalujniy bu qarorning ijrosiga mas’ul bo’ladi”, — dedi Zelenskiy.
Unga ko‘ra, harbiy komissariyatlar mansabdor shaxslariga nisbatan 112 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 33 nafar shaxsga gumonlanuvchi maqomi berilgan.
Izoh (0)