Tarvuzning pishganini uni urib ko‘rish orqali aniqlash mumkinligini bilasizmi? Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa, xavotir olmang. Rossiyada pishgan tarvuzni tanlashga yordam beradigan dastur ishlab chiqildi. Undan foydalanish uchun maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lish shart emas.
Bu vazifani Moskva fizika-texnika instituti tadqiqotchilari o‘z zimmasiga oldi. Ular Wi-Fi nurlanishidan noodatiy tarzda foydalanish mumkinligini aniqladi. Gap shundaki, tarvuzlar pishganida shakar bilan to‘yingan bo‘ladi va zamonaviy smartfonlar shunchalik sezgirki, ular rezavorlar tarkibidagi ozuqaviy moddalarni signallar yordamida o‘lchashi mumkin. Bu dasturni qo‘llash prinsipi hisoblanadi.
Dasturni barcha ishlata oladi, biroq bir nechta nyuanslar mavjud. Birinchidan, hozircha ushbu dasturning faqat Android versiyasi mavjud. Ikkinchidan, uning qachon chiqarilishi noma’lum. Shunga qaramay, mutaxassislar boshqa dasturning operatsion tizimlar bilan ham ishlashiga ishontirgan. Ularning rejalariga do‘konlarga maxsus qurilmalarni o‘rnatish ham kiritilgan. Xaridorlar ulardan o‘zlari foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)