Toshkentning ikki tumanida — Yunusobod va Bektemir tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 9-avgust kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yunusobod tumani: “Mingchinor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
- Bektemir tumani: “Nurli yo‘l” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.