Yaponiyada “Xanun” tropik to‘foni olib kelgan noqulay ob-havo tufayli 70 ga yaqin kishi jarohatlandi, bir kishi halok bo‘ldi.
Tabiiy ofat janubiy Okinava orolidan boshlanib, boshqa hududlarga kuchli yomg‘ir va shamollarni olib keldi. To‘fon elektr simlarini uzib, uylarning tomini uchirib yubordi.
Sohilbo‘yi hududlarida yashaydigan fuqarolar hukumat tomonidan ogohlantirilgan. Ob-havo maʼlumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda sel kelishi ham mumkin.
To‘fon mamlakat shimoli-g‘arbiga qarab harakatlanmoqda. Shu sababli janub viloyatlarida o‘nlab reyslar bekor qilindi.
31-iyul kuni “Kanun” to‘foni mamlakat janubiga yaqinlashishi sababli 264 ta reys bekor qilingandi.
Izoh (0)