Daryo

Saudiyada inson omon qolishi chegarasiga yaqin harorat kuzatildi

51,6 darajadan yuqori issiqlik inson va hayvonlar hayoti uchun juda xavflidir

1 daqiqa o‘qish41 174 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonida shanbadan yakshanbaga (5-dan 6-avgustga) o‘tar kechasi havo harorati 57,8 darajaga yetdi, bu esa inson hayoti uchun chidab bo‘lmas daraja hisoblanadi. Bu haqda Myradar ob-havo ilovasi asoschisi Kolin Makkarti ma’lum qildi.

Foto: AFP

Saudiyaning Dahran shahrida yarim tunda harorat 57,8 darajaga yetgan.

“Mazkur yuqori issiqlik indeksi insonning omon qolish chegarasiga yaqin”, — deydi Makkarti.

Ilgari eng yuqori issiqlik darajasi qayerda kuzatilgan?

51,6 darajadan yuqori issiqlik inson va hayvonlar hayoti uchun juda xavflidir. AQSh Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2003-yil 8-iyulda Saudiya Arabistonining Dahran shahrida qayd etilgan eng yuqori issiqlik indeksi 81,1 darajani tashkil qilgan.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) aholisi va mehmonlari yozning anomal jaziramasiga guvoh bo‘lgandi. Iyul oyida Abu-Dabida harorat deyarli 50 darajaga chiqqan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar