Afg‘oniston hukumati neft sifati pastligi sababli 67 ta sisternadagi neftni O‘zbekistonga qaytarib yubordi. Bu haqda Afg‘onistonning standartlashtirish bo‘yicha milliy idorasi ma’lum qildi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-08-06_19-43-38.jpg)
“Milliy standartlar agentligi birinchi marta sifat muammosi tufayli 67 ta neft tankerini O‘zbekistonga qaytardi”, — deyiladi xabarda.
Afg‘onistonda past sifatli neft importining oldini olish uchun jiddiy choralar ko'rgani qayd etilgan. Jumladan, 100 ming sisterna neft mahsulotlari sifati tekshirilib, ulardan 2 mingtasi qaytarilgan. Afghanistan International tashkiloti o‘zining antieron kampaniyasi doirasida ular Eronga qaytarilganini yozadi.
Izoh (0)