Xayrulla Nuriddinov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.
Xayrulla Nuriddinov 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1996-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1999-yilda “Jasorat” medali, 2005-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
2006—2017-yillar davomida O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan. 2017-yilning fevral oyi o‘rtalarida MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, o‘sha yil avgust oyida “O‘zbekiston” telekanali direktori lavozimiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, Farhod Mahmudov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, mart oyida Madamin Safarov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimini egallagandi. Farhod Mahmudov Xayrulla Nuriddinov o‘rnini egallagan, Safarov esa Sardor Mirzakarimovni almashtirgan. 2020-yilning oktabridan buyon MTRK raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdumannob Yo‘ldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan 2023-yil yanvarda lavozimidan ozod qilingan edi.
Izoh (0)