Madamin Safarov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: MTRK

Madamin Safarov ushbu lavozimda 2017-yildan buyon ishlab kelayotgan Sardor Mirzakarimovning o‘rnini egallagan. Mirzakarimov qaysi ishga o‘tgani noma’lum.

Madamin Safarov 2018-yilning sentabridan yubon “O‘zbekiston 24” telekanali boshqarib keladi. U yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan telekanal rahbari lavozimida qolish qolmasligiga aniqlik kiritilmagan. Bunga qadar Safarov “Yoshlar” va “Toshkent” kanallarining direktori bo‘lgan.

Bundan tashqari hukumat qarori bilan Alisher Xadjayev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi va shu munosabat bilan MTRK raisi vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgustida O‘zMTRK raisi vazifasini bajaruvchi Bobur Alixonov lavozimidan ozod qilingan va Alisher Xadjayev yana Milliy teleradiokompaniya rahbarligiga qaytgan edi.