Daryo

Farhod Mahmudov O‘zMTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Mazkur tayinlovga qadar Farhod Mahmudov O‘zbekiston Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi

1 daqiqa o‘qish32 272 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “ProToday.uz”

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Farhod Mahmudov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “ProToday.uz”

Shu paytga qadar Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Xayrulla Nuritdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilindi. U 2018-yilning avgust oyidan buyon mazkur lavozimni egallab turgandi.

Mazkur tayinlovga qadar Farhod Mahmudov 2019-yilning sentabr oyidan buyon O‘zbekiston Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ungacha O‘zMTRK “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov 2018-yil sentabrida Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlangan edi.

Farhod Mahmudov 1973-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Farhod Mahmudov 1995-yildan buyon O‘zMTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar