ISHID terrorchilik tashkiloti o‘z yetakchisi Abu Husayn al-Husayniy al-Qurashiyning o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda terrorchilar Suriya shimoli-g‘arbida ISHID va “Jabhat an-Nusra” guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvda ularning yetakchisi halok bo‘lganini aytishgan.
Terrorchilar vakillari o‘zlariga yangi rahbar sifatida Abu Hafs al-Hoshimiy al-Qurashiyni tayinlaganliklarini e’lon qilishdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)