NASA avgust oyida noma’lum uchar jismlar (NUJ) kuzatuvi bo‘yicha hisobotni e’lon qiladi, deb yozadi AQSh kosmik departamenti rahbari Bill Nelson.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum uchar jismlar “nufuzli olimlar qo‘mitasi” tomonidan o‘rganilmoqda. Mutaxassislar har bir aniq materialni sinchkovlik bilan o‘rganadilar va bir necha hafta ichida o‘z ishlarining natijalarini e’lon qiladi.
NASA rahbarining aytishicha, mutaxassislar bu fenomenlarni identifikatsiya qilish uchun maxsus datchiklardan foydalanishadi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi brifing chog‘ida AQSh prezidenti Jo Bayden noma’lum uchar jismlar mavzusidan jiddiy xavotirda ekanini va ular haqidagi ma’lumotlarni to‘plash hamda o‘rganishga harakat qilayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)