Yaqin o‘n yilliklarda Xitoy Oy va asteroidlarda qazish ishlarini boshlashi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya kosmik qo‘mondonligi rahbari Pol Godfriga tayanib, The Sunday Times xabar berdi.
“Xitoyliklar Oydagi eng muhim minerallar haqida ma’lumot beradigan ‘Oq kitob’ni chiqarishdi. Ular allaqachon Yerga namunalar olib kelgan va bu yo‘nalishda uzoqroqqa borishni istaydi. Asteroidlarda qazish ishlarini olib borish hayotimiz davomida haqiqatga aylanadi”, — deydi Godfri.
U Xitoy va Rossiya kosmik tadqiqotlar va kosmik qurollarni yaratishga “milliardlab sarmoya kiritayotgani”ni aytdi.
AQSH Koinot qo‘mondonligi rahbari Jeyms Dikkinson Vashington kosmik poygada Pekindan ortda qolayotgani haqidagi xavotirlar fonida Pentagon o‘z imkoniyatlariga ishonchi komilligini bildirdi.
“Albatta, biz boshqa davlatlar, xususan, Xitoy va Rossiya tomonidan gipertovushli qurollar namoyish etilganiga guvoh bo‘ldik. Xavfni qanday kamaytirish mumkinligi nuqtayi nazaridan bu sohani o'rganishni davom ettirmoqdamiz”, — dedi u.
Izoh (1)
Endi oyni ham rasvo qilishni boshlayapti odamzot. Boylikka to‘ymaydigan, faqat o‘zini o‘ylaydigan va shu boylik ketidan dunyoni vayron qilayotgan odamlarning atrofda nimalar yuz berayotgani bilan umuman ishi yo‘q.