Ukraina prezident Vladimir Zelenskiy Vilnyusdagi sammit oldidan NATO davlatlarining Ukrainaga nisbatan pozitsiyasini tanqid qildi.
Zelenskiy Ukraina ittifoqchilar, umumiy xavfsizlik va ochiq muloqotni qadrlashini aytdi. Hurmat tufayli u Vilnyusda NATO sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. Siyosatchi “Ukraina ham hurmatga loyiq” ekanini ta’kidladi.
“Vilnyusga ketayotib, biz Ukrainasiz formulirovka muhokama qilinishi haqida signal oldik. Shuni taʼkidlamoqchimanki, bu Ukraina aʼzoligi bilan emas, balki faqat taklifnomaga aloqador.
Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi uchun vaqt chegarasi bo‘lmasa, uning o‘rniga hatto Ukrainani taklif qilish uchun ham ‘shartlar’ qo‘shilsa, bu bema’nilikdir. Aftidan, Ukrainani NATOga taklif qilishga ham, uni alyansga a’zo qilishga ham tayyorgarlik yo‘q”, — dedi u.
Zelenskiy biroq Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi haqida Rossiya bilan muzokaralar olib borish imkoniyati saqlanib qolinayotganini ta’kidladi.
“Rossiya uchun esa bu kelajakda terrorni davom ettirishda motivatsiyani anglatadi”, — dedi siyosatchi.
Ukraina prezidenti noaniqlik zaiflik ekanini qo‘shimcha qildi va buni sammitda ochiq muhokama qilishini aytdi.
Izoh (0)