“Garri Potter va falsafa toshi” kitobining 1997-yildagi birinchi nashri Angliyada kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yildi. Noma’lum xaridor kitob uchun 10,5 ming funt sterlingdan (13,5 ming dollar) ko‘proq to‘lagani xabar qilinmoqda.
Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan nusxani bir necha yil avval havaskor kolleksiyachi sotib olgan. O‘shanda eskirgan muqovali kitob uchun u 30 pens (taxminan 36 sent) to‘lagan va kitob ingliz kutubxonalaridan birida saqlangan.
Mutaxassislar ushbu nusxa nashriyotning 1997-yilda chop etilgan birinchi partiyadagi 500 ta kitobidan biri ekanligini tasdiqladilar.
Auksionda kitob o‘zining asl narxidan 35 ming barobar qimmatroqqa sotildi, deb yozdi The Independent.
Izoh (0)