Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Buxoroda 2025-yilda ilk Biyennale bo‘lib o‘tishini ma‘lum qildi.
Unga ko‘ra, Buxoroda Biyennaleni o‘tkazish yuqori maqsadlardan biri — O‘zbekistonning xalqaro sanʼat hamjamiyatiga qo‘shilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Biyennale tashkil etish va o‘tkazish asnosida mahalliy va xorijiy ustalar hamda ijodkorlarning muloqot qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga, shuningdek, anʼanaviy hunarmandchilik salohiyatlarini zamonaviy ruhda ochib berishga zamin yaratadi.
“Oldimizda ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi turibdi. Ishonaman, Buxoroda ilk Biyennaleni o‘tkazish xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qozonadi hamda qadimiy va tarixiy shahrimizni mutaxassis va sayyohlar tomonidan yanada kengroq kashf etilishiga yordam beradi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)