Rossiyada 300 ga yaqin qirg‘izistonlik va tojikistonlik ishchilar oshxonadagi navbat uchun mushtlashdi.
Hodisa Irkutsk viloyatidagi Kovikta gaz kondensati konida sodir bo‘lgan. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, janjal kimdir oshxonaga navbatsiz o‘tib ketmoqchi bo‘lgani sabab boshlangan. Tushlikdan so‘ng ishchilar “o‘zaro gaplashib olishga” yig‘ilgan, keyinchalik bu mushtlashuvga aylangan.
To‘qqiz kishi jarohatlangan:
- A. Mamatov: boshida kesilgan jarohatlar;
- F. Chorshanbiyev: yopiq bosh miya shikastlanishi, miya chayqalishi;
- M. Normuratov: boshning kesilgan jarohatlari;
- A. Almazbekov: qorin bo‘shlig'ining yirtilgan yarasi;
- A. Bilalov: yopiq bosh miya shikastlanish, miya chayqalishi;
- B.Saidaliev: bosh jarohatlari;
- B. Atirbekov: bosh jarohatlari;
- D.Safarov: bosh jarohatlari;
- M. Iskandar: bosh jarohatlari.
Politsiya mazkur holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Mushtlashuv qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmoqda.
Izoh (0)