• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bitta mashinada yuradi, chegirmali kuponlardan foydalanadi va 140 dollarga tushgan to‘y: Gollivudning eng tejamkor millioner yulduzlari (foto)

    Quyidagi mashhurlar eng qimmat mashinalar, qasrlar va muvaffaqiyatli hayotning boshqa atributlarini sotib olishlari mumkin, ammo ular pulni oqilona sarflashni afzal ko‘radilar.

    Kianu Rivz

    Foto: Getty Images

    Kianu Rivz Gollivuddning eng muvaffaqiyatli aktyorlardan biri. Shunday bo‘lsa-da, millionlab muxlislarning kumiri kamtarona yashaydi: u ulkan qasrlar, villalar va ajoyib qimmatbaho mashinalar sotib olmaydi. Faqatgina hashamatli mototsikliga havas qilish mumkin — Kianu tezlikni yoqtiradi. Ammo aktyor buni odatga aylantirib olmagan: u eng noyob va eng qimmat modellarni yig‘maydi, kimoshdi savdosida qatnashmaydi.

    Aftidan, Rivz aqlbovar qilmaydigan darajadagi gonorarlar va ular beradigan imkoniyatlarga umuman ahamiyat bermaydi. Ammo aktyor xayriya ishlariga pul ayamaydi.

    Kira Naytli

    Foto: Getty Images

    Kira Naytli ko‘pincha hashamatli va boy ayollar rolini o‘ynaydi — brilliant taqinchoqlar va hashamatli liboslar kiyadi. Lekin hayotda aktrisa bunday hashamatdan uzoq yuradi. Intervyularida u pulni baxtning asosiy o‘lchovi deb hisoblamasligini aytadi. Uning fikricha, haqiqiy baxt bu — oila va yaqinlardir.

    Kira, shuningdek, inson o‘zini boshqalardan yaxshiroq deb hisoblamasligi va jamiyatdan ajralgan holda yashamasligi kerakligini ta’kidlaydi.

    Zoi Deshanel

    Foto: Getty Images

    Zoi turmush o‘rtog‘i Ben Gibbarddan ajrashish uchun ariza berganida, ko‘plab hujjatlar ommaga e’lon qilindi, natijada aktrisaning oylik budjeti oshkor bo‘ldi. “Yozning 500 kuni” filmi yulduzi bu holatdan deyarli mamnun emasdi.

    Ma'lum bo‘lishicha, Zoining oylik daromadi o‘rtacha 95 ming dollarni tashkil etadi, ammo xarajatlari daromadning chorak qismidan oshmagan — atigi 22,5 ming dollar. Shu vaqtgacha yig‘ilgan mablag‘lar miqdori oshkor etilmagan, aktrisa aksiyalar va ko‘chmas mulkka sarmoya kiritgan.

    Biroq Deshanel xayriya tadbirlaridagi ishtiroki bilan ham tanilgan. Siz bu aktrisani qimmatbaho butiklarda uchratmaysiz. Umuman olganda, aktrisa shon-shuhrat va hashamatga o‘ch yulduzlardan emas.

    Tayra Benks

    Foto: Getty Images

    Victoria's Secret brendining sobiq modeli podium bilan cheklanib qolmagan. U “Amerikancha top model” teleshousiga mualliflik qiladi. Shou omadli chiqib, bankdagi hisobini 75 million dollarga ko‘paytirdi. Biroq bu Tayra endi xohlagan narsasini sotib olishga qodir degani emas. Uni kim to‘xtatmoqda? Uning o‘zi!

    Tayra Forbes jurnaliga bergan intervyusida: “Men tez-tez buxgalterimdan falon narsani sotib olsam bo‘ladimi, deb so‘rayman va bunga javoban uning kulganini eshitaman. Ha, men tejamkorman va har doim shunday bo‘lganman”, — deydi.

    Shuningdek, Tayra Benks qimmat smartfon yoki planshetga pul sarflashni istamay, yozish uchun oddiy qog‘oz daftardan foydalanadi. Qimmat restoranda ovqatlanish o‘rniga uyi yaqinidagi oddiy fastfud kafeni afzal ko‘radi.

    Jennifer Lourens

    Foto: Getty Images

    “Oskar” sovrindorini tejamkor hayotni afzal ko‘rganlar uchun namuna deb hisoblash mumkin. U hali ham Los-Anjelesga ko‘chib o‘tganda sotib olgan juda kamtarona kvartirasida yashaydi — katta uy sotib olishni rejalashtirmaydi.

    Boshqa yulduzlarga xarid qilishda shaxsiy yordamchilar ko‘mak berishsa, Jennifer chegirmali kuponlardan foydalanadi va arzon narxlardagi yirik do‘konlarga tashrif buyuradi. Mashina tanlashda ham aktrisa o‘zini ko‘rsatmaydi: Bugatti-Mazerati’iga qurbi yetsa-da, Volkswagen va Chevrolet Volt’da yuradi.

    So‘nggi paytgacha uning boyligi turli manbalar tomonidan 2 milliondan 7 million dollargacha baholangan. “Hayot-mamot o‘yinlari” filmining uchinchi qismida ishtirok etganidan keyin boyligi taxminan 10 million dollarga ko‘paygan, ammo bu Jenniferni odatlaridan voz kechib. ortiqcha pul sarflashiga sabab bo‘lmagan.

    Leonardo Di Kaprio

    Foto: Getty Images

    Leo 1997-yilda “Titanik” filmida rol o‘ynagunga qadar unchalik mashhur bo‘lmagan aktyor edi. Filmdan so‘ng u darhol nafaqat eng taniqli, balki eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlardan biriga aylandi: hozir uning boyligi 200 million dollardan oshadi.

    Shuncha boylikka ega bo‘lsa-da, Leo hashamatli narsalarga harajat qilmaydi, ammo birgina istisno bor: aktyor Beliz yaqinidan 2,4 million dollarga orol sotib olgan. Shuni hisobga olmaganda Di Kaprio millionerga unchalik o‘xshamaydi — u ekolog, u hatto BMTda ham chiqish qilgan, shuning uchun uning garajida faqat bittagina mashinasi bor — Toyota Prius.

    Leo intervyularining birida ko‘p pul sarflashni yoqtirmasligini aytadi, chunki yetarli shaxsiy mablag‘ga ega bo‘lish unga aktyor sifatida ijodiy erkinliknigina kafolatlaydi xolos. Shu bilan birga, Leo ekologik xayriya tashkilotlari ehtiyojlari uchun saxiy donor sifatida tanilgan.

    Uning yordami bilan yo‘lbarslarni himoya qilish uchun 39 million dollar yig‘ilgan. U hatto o‘zining nomi bilan ataladigan xayriya jamg‘armasini yaratdi, u boshqa narsalar qatori ichimlik suvini tozalash dasturini amalga oshiradi, shu yo‘l bilan Afrikadagi deyarli yarim million kishiga yordam beradi.

    Kristen Bell

    Foto: Getty Images                                                                                     

    Veronika Mars roli bilan tanilgan aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Daks Shepherd tejamkorligi bilan mashhur. Kristen bu haqda juda xotirjam gapiradi va chegirma kuponlaridan foydalanishni sevimli mashg‘ulotlaridan biri deb biladi. U yana shunday deydi: “Erim va men qishloqda katta bo‘lganmiz va bundan umuman uyalmaymiz”. Oila birgalikda 18 million dollarga yaqin pul ishlagan, ammo ular haligacha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydi.

    Intervyuda er-xotin to‘ylarini alohida mamnuniyat bilan eslashadi: boshqa mashhurlar ekzotik joylarda hashamatli marosimlarni tashkil qilishayotganda, Kristen va Daks sud binosida nikohni qayd qilish hujjatiga imzo chekishgan xolos. “To‘y o‘tkaziladigan joyga borishimiz uchun benzinga 140 dollar sarflaganmiz”, — deb maqtanishadi ular.

    Tobi Maguayr

    Foto: Getty Images

    Tobining ota-onasi (otasi—oshpaz, onasi—kotiba) u ikki yoshida ajrashgan. Tobi juda kambag‘al muhitda ulg‘aygan, bu o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. Shu sabab aktyor isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydi. “O‘rgimchak odam” filmining uch qismidan deyarli 30 million dollar ishlab topgan bo‘lsa ham qimmatbaho narsalar xarid qilmaydi.

    Intervyularining birida Tobi pullarining hammasini sarflab yuborsa, keyin pul topish uchun harakat qilish zaruratiga duch kelishini aytadi. Hozirda u suratga tushmasa ham bo‘ladi — oxirgi paytlarda u kamdan-kam hollarda rol o‘ynayapti, xotini va ikki bolasi bilan vaqt o‘tkazishni afzal ko‘radi. Aytgancha, uning rafiqasi Jennifer Meyer mashhur ayol emas, u oddiy zargar. To‘g‘ri, uning dadasi kino prodyuseri, lekin bu Tobi uchun ahamiyatga ega emas, chunki u yulduz bo‘lganidan keyingina turmush qurishgan.

    Tobi Kaliforniyada katta ko‘chmas mulk sotib olgan, lekin u bu xaridini foydasiz hashamat emas, aksincha, vaqt o‘tishi bilan o‘sib boruvchi ko‘chmas mulkka yaxshi sarmoya deb hisoblaydi. Tobi boshqa narsalarda ham kamtarin — u deyarli vegetarian, teri va mo‘ynadan tikilgan kiyim kiymaydi.

    16.06.2023, 12:17   Izoh (0)   15781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind go‘zali Aishvariya Ray kinodagi karyerasini kim uchun qurbon qildi va nega prodyuserlar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lishdan bosh tortdi?

    15.06.2023, 15:08

    Deniel Redkliff — krivetka, Sofi Loren — tayoq, Krishtianu Ronaldu — yig‘loqi: Mashhurlarning kulgili laqablari

    15.06.2023, 20:35

    “Dadam bilan bog‘liq jonli xotiralarim kam”. Marhum aktyor Alisher Hamroyevning yaqinlari u va rafiqasining vafot etish sababi haqida (video)

    15.06.2023, 21:25

    Yetti yil kastingda ishtirok etmagan, “Garri Potter”ning ashaddiy muxlisi: Gollivud yulduzlari haqida 5 ta qiziqarli fakt

    15.06.2023, 20:02

    Gollivud yulduzi Anjelina Joli yettinchi farzandni asrab olmoqchi

    15.06.2023, 16:43

    Pol Makkartni The Beatles guruhining so‘nggi qo‘shig‘i chiqarilishini e’lon qildi. Tarona sun’iy intellekt yordamida yozib olingan

    15.06.2023, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44

    “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi — TNT Sports

    Sport | 22 iyun, 20:20

    AQSH Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorlanmoqda — NBC

    Dunyo | 22 iyun, 20:02

    Qozog‘istonda samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

    Qozog‘iston | 22 iyun, 19:48

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.