Ukraina qarshi hujumining yakuniy maqsadi barcha bosib olingan hududlarni, jumladan Qrimni qaytarishdir. Bu haqda Ukraina prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari Igor Jovkva CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
![](/static/2023/surayyo2/otvoevat-vse-territorii-78_main.jpeg)
Jovkva ba’zi yo‘nalishlarda qarshi hujum allaqachon boshlanganini aytdi, ammo tafsilotlarga to‘xtalmadi. Diplomat, shuningdek, ko‘zlangan maqsadlarning barchasiga erishish uchun oylab vaqt ketishi mumkinligini ta’kidladi.
U ushbu harakatlar Ukraina armiyasining birinchi qarshi hujumi emasligini eslatdi — o‘tgan yili Rossiya qo‘shinlari Xarkov va Xerson viloyatlari hududidan siqib chiqarilgandi.
Hozirgi hujum oxirgisi ham bo‘lmasligi mumkin, deb qo‘shimcha qildi u va Ukrainaga ko‘proq artilleriya hamda o‘q-dorilar kerakligini ta’kidladi.
Ukrainaning qarshi hujumi — hozirgacha nimalar ma’lum?
10-iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda qarshi hujum va mudofaa harakatlari olib borilayotganini aytdi, biroq qaysi bosqichda ekaniga aniqlik kiritmadi.
Ukraina Mudofaa vazirligining 12-iyundagi hisobotiga ko‘ra, ukrainalik harbiy xizmatchilar bir hafta ichida Donetsk va Tavrining operativ tumanlaridagi yettita aholi punktini ozod qilgan.
Britaniya mudofaa parlamenti yaqin kelajakda “Donbassning u yoki bu qismida katta hujum” kutilayotganini xabar qildi.
Izoh (0)