Tunda Kaxovka GESi portlatilishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlar bilan kurashish ishlari davom etmoqda.
“Kaxovka GES klapanlarining buzilishi natijasida suv bosgan 300 ga yaqin uy aholisini evakuatsiya qilish boshlandi”, — deya xabar qildi Novaya Kaxovka rahbari Vladimir Leontyev.
Uning aniqlik kiritishicha, odamlar avtobuslarda olib chiqilmoqda.
“Prognozlarga ko‘ra, 72 soat ichida suv normal darajaga tushadi. Ammo biz bu 72 soatdan omon qolishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi mer.
“Shahar va aholi punktlarining vayron bo‘lish xavfi yo‘q. Biroq, kanalizatsiya stansiyalarini allaqachon suv bosgan, suvning kuchli oqim bilan nazoratsiz ravishda oqib chiqayotgani sababli elektr uzatish liniyalarining bir qismi vayron bo‘lgan”, — dedi u.
Voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun favqulodda komissiya tuzilgan.