Tunda Xerson viloyatidagi Kaxovka GESning to‘g‘oni portlatildi, natijada hududni suv bosdi. Ukrainaning “Janub” operativ qo‘mondonligi GES dambasini Rossiya qo‘shinlari portlatgani haqida bayonot berdi.
MAGATE hozirda Zaporoje AESga bevosita tahdid yo‘qligini, tashkilot Kaxovka gidroyelektr to‘g‘oni vayron bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
Ukrainaning “Energoatom” kompaniyasi Kaxovka AESning vayron bo‘lishi natijasida to‘g‘on ustidagi suv sathining tez pasayayotgani haqida xabar berdi. Bu Zaporojye AES uchun tahdid soladi, deya bayonot bergandi tashkilot.
“Kaxovka suv omboridan keladigan suv stansiyaga turbinali kondensatorlar va ZAES xavfsizlik tizimlari suv olib turishi uchun zarur. Hozir stansiya sovutish suv havzasi to‘lgan: ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, suv sathi 16,6 metrni tashkil etadi va bu stansiya ehtiyojlari uchun yetarli”, — deyiladi MAGATE xabarida.