Fransiyalik millioner Filipp Potsso di Borgo 72 yoshida vafot etdi. U “1+1” komediyasining bosh qahramoni prototipi edi.
Potsso di Borgo Marokashda vafot etgan, bu haqda film rejissori Erik Toledano xabar bergan.
Tadbirkor 1951-yilda badavlat aristokratlar oilasida dunyoga kelgan. 1993-yilda Potsso di Bargo aeroplanda uchayotganida jiddiy jarohat olgan hamda bir umrga falaj bo‘lib qolgan.
Millioner o‘zidagi depressiyani jazoirlik Abdel Sellu yordamida yengishga muvaffaq bo‘lgan. U ushbu do‘stlik tarixini “Ikkinchi nafas” (“Le Second souffle”) kitobida bayon qilgan.
Ekranda film qahramonlarini Fransua Klyuze va Omar Si gavdalantirgan. 2018-yilda Brayan Krenston va Kevin Xart ijrosida filmning remeyki taqdim etilgan.