Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 28,13 so‘mga tushib, 11 450,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 10,92 so‘mga pastlab, 12 387,79 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,44 so‘mga tushib, 143,41 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 479,16 so‘mni tashkil etgandi. Yevro ham tushib, rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)