• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ikki “titan” o‘rtasida unutilmas trilogiya. Arturo Gatti va Mikki Uord qarama-qarshiligi haqida (video)

    Afsonaviy jangchilar Arturo Gatti va Mikki Uord boks tarixidagi unutilmas trilogiyalardan birida ishtirok etgan. Ular o‘rtasidagi bahslarning birinchisi ko‘plab ekspertlar tomonidan “Asr jangi” deya e’tirof etilgan. Quyida ushbu janglar haqida so‘z boradi.

    Boshqa sport turlaridan farqli o‘laroq, boks muxlislari bir shahar yoki tuman uchun ma’lum jamoa yoki bokschiga muxlislik qilmaydi. Muxlislar asosan bokschilarning ringda ko‘rsatadigan san’ati, mahorat va agressiyasiga qarab qo‘llab-quvvatlaydi. Aynan shuning uchun Arturo Gatti kabi bokschilar butun dunyoda sevimli hisoblanadi.

    Arturo Gatti shunchaki ringdagi eng jasur jangchi emasdi. To‘g‘ri, u asosan hayajonli, qiziqarli va muxlislarga yoquvchi janglari bilan mashhur edi. Shu bilan birga, u juda iste’dodli bokschi bo‘lgan. Bu Gattining Mikki Uordga qarshi trilogiyasida aniq ko‘ringan. Arturoga faqatgina jasurligi, qat’iyati va chidamliligi uchun emas, balki halolligi va mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qila olishi uchun ham butun dunyodan muxlislik qilishgan.

    Gatti Italiyada tug‘ilgan va o‘smirlik davrini Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazgan. U juda kuchli zarbasi sababli “momaqaldiroq” laqabini olgan. Arturo Nyu-York shahrida va o‘zining sevimli Nyu-Jersi shtatida ham juda tez mashhurlikka erishdi. U 1995-yilda super yengil vazn toifasida IBF chempioniga aylangan. Ikki vazn toifasida g‘olib bo‘lganiga qaramay, Gattining faoliyati chempionlik kamarlari yoki jahon chempionligi bilan emas, balki 4 marta qo‘lga kiritgan “Ring Magazine” jurnali sovrini bilan belgilangan.

    Foto: Getty Images

    “Irlandiyalik” laqabli Mikki Uord kamtarin dunyoqarashga ega kuchli jangchi edi. Bokschi AQSHning Massachusets shtati Louell shahrida tug‘ilgan. Jangchi 1985-yilda professional bokschiga aylangan, ungacha esa uch karra “Yangi Angliya oltin qo‘lqoplari” chempioniga aylangan. U professional bokschi sifatidagi ilk yilida 14 ta jangda g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. Uord 1990-yilda qatorasiga to‘rt jangda mag‘lub bo‘ldi va tanaffus olishga qaror qildi. Oradan bir necha yil o‘tib, uning o‘gay akasi va murabbiyi Diki Eklund bokschini sportga qaytishga ko‘ndirdi.

    Uord boksga qaytganidan keyin ham muvaffaqiyat qozonishda davom etdi. U chempionat janglarida g‘alaba qozondi va 2000-yilda yarim o‘rta vaznda WBU chempioniga aylandi. Emmanuel Bertonga qarshi 10 raundlik bahs The Ring jurnali tomonidan “Yil jangi” deb topildi.

    Mikki Uord faoliyati davomida 13 marta mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, biror marta ham nokautga uchramagan. Shu sababli muxlislar hurmat qiladigan sportchiga aylangan. 18 yillik faoliyati davomida Mikki ulkan promouterlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilmagan. U bilan birga ishlagan va yordam bergan odamlar bo‘lgan, lekin u hech qachon katta pul ko‘rmagan.

    Foto: Getty Images

    2002-yilning 18-may sanasida Mikki Uord va Arturo Gatti birinchi marta ringda to‘qnash keldi va bu unutilmas trilogiyaning boshlanishi edi. Ikki jangchi o‘rtasidagi o‘n raunddan iborat bahs shunchalik buyukki, ko‘plab ekspertlar uni “asr jangi” deb ataydi. To‘qqizinchi raund juda ham qiziqarli bo‘ldi va sharhlovchi Emanuel Styuard buni “Asr raundi” deb atadi. Mikki hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Bahs natijadan ko‘ra jangning o‘zi kattaroq ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatuvchi belgi bo‘ldi va revanshga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.

    Yarim yildan so‘ng ular yana ringda to‘qnash keldi. Jangchilar bu safar million dollarlik gonorar uchun jang qilishi kerak edi. Ikkinchi bahs avvalgisi kabi bo‘lmadi. Chunki uchinchi raundda Uordning quloq pardasi teshildi va jang bir tomonlama o‘tib, Gattining g‘alabasi bilan tugadi. Qarama-qarshilikni yakunlash uchun uchinchi jang o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

    Uchinchi hal qiluvchi bahs yana “Yil jangi” nomiga da’vogarlik qildi. Unda Arturo Gatti hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va trilogiyani o‘z foydasiga hal qildi.

    Biroq Gatti va Uord o‘rtasidagi qarama-qarshilik ring chegaralaridan ancha uzoqqa chiqib ketdi. Uord trilogiyadan umumiy hisobda 3 million dollar ishladi va uchinchi jangdan keyin faoliyatini yakunladi. Uning hayoti haqida 2010-yilda “Jangchi” nomli film ishlangan va “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

    Foto: Getty Images

    Birinchi uchrashuvidan keyingi 13 oy ichida Gatti va Uord notanishdan raqibga, keyinroq esa do‘stlarga aylandi. Arturo faoliyatini 2007-yilgacha davom ettirdi. Karyerasining so‘ngida unga do‘sti va sobiq raqibi bo‘lgan Mikki Uord murabbiylik qildi.

    2009-yilning 11-iyul sanasida Gatti Braziliyadagi mehmonxonalarning birida o‘lik holda topildi. Tergov o‘z joniga qasd qilish degan xulosaga keldi, biroq uning oilasi va do‘stlari qotillik deb hisobladi. Gatti vafotidan keyin 2013-yilda Xalqaro boks shon-shuhrat zaliga kiritildi.

    2013-yilning oktabr oyida HBO kompaniyasi “Afsonaviy oqshomlar: Gatti—Uord haqida hikoya” nomli hujjatli film ishladi. Rejissor Mark Uolberg tomonidan suratga olingan hujjatli film Arturo Gatti va Mikki Uord o‘rtasidagi trilogiyaga nazar tashlaydi va ikki jangchi o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.

    18.05.2023, 22:31   Izoh (0)   5367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ishonchim komil, uni o‘ldirishgan”. Afsonaviy bokschi Arturo Gattining jumboqli o‘limi haqida

    10.02.2022, 15:01

    Afsonaviy bokschi Arturo Gattini xotirlab: “Chaqmoq” faoliyatidagi asosiy 5 jang

    15.04.2022, 23:51

    Pep Gvardiola murabbiy sifatida “Real”ni 13-marta mag‘lub etdi 

    18.05.2023, 19:55

    APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    18.05.2023, 16:55

    “Bunday mag‘lubiyatga uchrash juda og‘riqli”. Anchelotti va Gvardiola o‘yindan keyin nimalar dedi?

    18.05.2023, 16:23

    Parij—2024 Olimpiadasining ayollar futboli bo‘yicha Osiyo mintaqasi 2-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    18.05.2023, 12:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.