• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ishonchim komil, uni o‘ldirishgan”. Afsonaviy bokschi Arturo Gattining jumboqli o‘limi haqida

    Arturo Gatti XX asr oxiri va XXI asr boshlarining eng yorqin bokschilaridan biri bo‘lgan. Bir qator ekspertlarning fikriga ko‘ra, asli kelib chiqishi italyan bo‘lgan kanadalik hatto boks tarixidagi eng yaxshi jangchi unvoniga ham da’vogarlik qilishi mumkin. Ikki vazn toifasida jahon chempioni Arturo Gatti ishtirokidagi boks oqshomi to‘rt marta “yil jangi” deb topilgan. Uning Mikki Uord bilan bo‘lgan afsonaviy bellashuvlari esa hamon XXI asrdagi eng og‘ir janglar hisoblanadi. Umuman olganda, Gattining ring ichidagi faoliyati va jang uslubi haqida to‘xtovsiz gapirish mumkin. Shuningdek, “Chaqmoq”ning o‘limi ham o‘zidan keyin juda ko‘p jumboqlarni keltirib chiqargan. Quyida aynan Gattining so‘nggi yillari va asal oyida ro‘y bergan jumboqli o‘limi haqida so‘z yuritiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Katta sport bilan xayrlashish

    2007-yilning 14-iyuli. Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 35 yoshli Arturo Gatti Atlantik-Sitidagi (Nyu-Jersi, AQSh) Borduok Holl’da ringga chiqadi. Ammo u allaqachon raqiblarini tor-mor keltiruvchi “chaqmoq” emas edi. Oskar de la Hoya, Mikki Uord, Floyd Meyvezer va boshqa grandlar bilan bo‘lgan og‘ir janglardan charchagan Gatti professional boks yo‘lining oxirida edi.

    Shunga qaramay kanadalik bokschi Alfonso Gomes bilan bo‘lgan o‘sha jangni tayyorgarlik deb hisoblaydi va undan keyin Xulio Sezar Chaves bilan jang qilishni rejalashtirgandi. Ammo jangning boshidanoq Arturo endi avvalgidek emasligi ma’lum bo‘ldi. Buning ustiga Karlos Baldomirga mag‘lub bo‘lganidan keyingi bir yillik tanaffus “chaqmoq”da katta iz qoldirgandi. Jangning yettinchi raundiga kelib Gatti nokautga uchradi. Shundan so‘ng Arturo darhol sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Tribunalar ostida esa uni 21 yoshli sevgilisi Amanda Rodriges ovutadi.

    Boksdan keyingi hayot

    Amanda Rodriges va Gatti bokschi qo‘lqoplarini mixga ilishidan biroz oldin uchrashgandi. Arturo nafaqat o‘zining jozibali jang uslubi, balki bundan kam bo‘lmagan tashqi ko‘rinishi bilan ham har doim qarama-qarshi jins vakillarining qiziqishiga sabab bo‘lgan. Ammo uning qalbini braziliyalik yosh Amanda o‘g‘irlagandi. 2007-yil avgust oyida, sportni tark etganidan bir oy o‘tgach, Arturo turmush quradi. Nikoh marosimi AQShdagi Katta Kanyonda bo‘lib o‘tadi. Juftlik tashqaridan qaraganda nihoyatda baxtiyor ko‘rinardi. Bir yil o‘tgach, Rodriges Gattiga o‘g‘il farzand tug‘ib beradi. Bu Arturoning ikkinchi farzandi edi. Uning oldingi munosabatlaridan qizi bor edi va bokschi hech qachon o‘g‘il ko‘rishni orzu qilganini yashirib o‘tirmagan.

    Fotosuratlar va videolar Gatti oilasidagi munosabatlar har doim silliq bo‘lganining isboti bo‘la olardi. Lekin bu shunchaki ko‘zbo‘yamachilik bo‘lib chiqdi. Sportchining o‘limidan keyin Amanda va Arturo o‘rtasidagi munosabatlar idealdan ancha uzoq bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Amandaning so‘zlariga ko‘ra, ular tez-tez janjallashib turgan va bu narsa hatto u homilador bo‘lgan vaqtda ham davom etgan.

    “U uchun sportni tark etish juda qiyin kechdi. Arturo o‘zini nima bilan band qilishni bilmay, ko‘p ichardi. Mast bo‘lganida esa butunlay boshqa odamga aylanardi”, — degandi Rodriges ko‘plab janjallarni tushuntirishga harakat qilar ekan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘g‘il farzand tug‘ilishi Gattining hayotiga yangi ma’no bag‘ishlashi va yomon o‘tmishni esdan chiqarishi kutilgandi, ammo bularning barchasi illyuziya bo‘lib chiqdi.

    O‘limga olib kelgan sayohat

    2009-yilning yozida Gatti va Rodriges o‘rtasidagi munosabatlar boshi berk ko‘chaga kelib qolgandi. Amanda eriga ajrashish bilan tahdid qiladi. Nikohni saqlab qolish uchun Arturo katta sayohat uyushtirib, Amandani hayratda qoldirmoqchi bo‘ladi. Dastlab, juftlik farzandini olib, Yevropaga yo‘l oladi, ular u yerda ikki hafta bo‘ladi. Shundan so‘ng juftlik sobiq jahon chempionining singlisining to‘yi uchun Braziliyaga jo‘nab ketadi. Oila Ipojuka munitsipalitetidagi ikki qavatli mehmonxonaga joylashadi.

    Amanda uzoq davom etgan sayohatni “ajoyib” deya ta’riflaydi. Ayni paytda Gattining do‘stlaridan biri u bilan bo‘lgan suhbatning audioyozuvini taqdim etadi, unda Arturo bu sayohatni “dahshatli tush” deb atagan. Nima bo‘lmasin, eng yomoni hali oldinda edi. Iyul oqshomida er-xotin kechki ovqatga boradi, bu fojianing boshlanish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi.

    “Biz pitseriyaga borishga qaror qildik. Bu oilaviy kechki ovqat sifatida boshlangandi, lekin boshqa ko‘plab oqshomlar kabi tugadi. Arturo mast bo‘lib qoldi. Men unga boshqa restoranda qola olmasligimni va ketishim kerakligini aytdim. Unga esa agar xohlasa, qolishi mumkinligini bildirdim. Bizning janjalimiz shu yerda boshlandi. Bu chidab bo‘lmas darajada jirkanch janjal edi. U meni urmadi, lekin polga itarib yuborgandi, qo‘llarim va iyagimni jarohatlab oldim. Shundan so‘ng 10 oylik o‘g‘limni qo‘limdan olib, chiqib ketdi. Tungi soat ikkida mehmonxonada uchrashdik. Boshida jarohat bor edi, u to‘rttasi bilan mushtlashib qolganini aytdi.

    Arturo mast emasdi, erim o‘z holiga kelgandi. U bilan janjalimizdan qolgan ko‘karishlarni ko‘rdi va buni kim qilganini so‘radi. Unga buni o‘zi qilganini aytdim. Shunda u mendan oramiz ochiqmi deb so‘radi. ‘Ha’ deb javob berdim, bunga ortiq chiday olmasdim. Yarim tunda uyg‘onib ketdim, chaqaloq uyg‘otib yubordi. Zinadan tushganimda, Arturo polda yotganini ko‘rdim, lekin e’tibor bermadim, chunki u tez-tez shunday holatda bo‘lardi. Bir-ikki soatdan keyin ham o‘sha yerda yotganini ko‘rdim. Keyin yoniga borib, uni turta boshladim. Uning tanasi sovuq edi. Uni silkitib, kechirganimni aytdim. Vahimaga tushdim, xonadan yugurib chiqib, erim o‘lib qolibdi, deb baqira boshladim”, — degandi Amanda.

    Braziliya politsiyasi Amandani hibsga oldi. Ammo uch hafta o‘tgach, u kutilmaganda ozod qilinadi. Huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati Gatti Rodrigesning sumkasining kamariga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgani haqida bayonot beradi.

    Muqobil versiya

    37 yoshli Gattining o‘limi haqidagi xabar butun boks jamoatchiligini larzaga soladi. Uning o‘z joniga qasd qilgani esa ko‘pchilikni tom ma’noda tildan qoldirgandi. Ringda taslim bo‘lish nimaligini bilmaydigan Arturoning to‘satdan o‘z ixtiyori bilan o‘lishga qaror qilganiga deyarli hech kim ishonmasdi. Gattining oila a’zolari orasida ham asosli shubhalar paydo bo‘ladi. Avvalo, bunga sobiq jahon chempionining vasiyati sabab bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan uch hafta oldin u barcha pul va mol-mulkini Rodriges hamda o‘g‘lining nomiga o‘tkazib beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Amanda buni yaxshi bilardi. Ajrashish haqida gap ketganda, qiz Gattidan eng qimmatli narsa — o‘g‘lini tortib olish bilan tahdid qiladi. U mulkni taqsimlash va mablag‘ning faqat yarmini olish haqida eshitishni ham xohlamasdi. Keyin Arturo nikohni saqlab qolish uchun (do‘stlarning so‘zlariga ko‘ra) vasiyat yozishga qaror qiladi.

    Rodrigesga qarshi bo‘lganlarning fikriga ko‘ra, aynan shu narsa asosiy omil hisoblanadi. Intervyulardan birida jurnalist Amandaga ochiqchasiga erining vasiyatnoma yozganidan uch hafta o‘tib, vafot etgani “yomon ko‘rinayotganini” aytadi. Amanda esa yelkasini qisib, nima uchun bunday bo‘lganini bilmasligini ma’lum qiladi.

    Gattining vafotidan keyin Amanda haqida gaplar ko‘payib ketadi. Ba’zilar hatto uning ichki kiyimda tungi klubda olingan suratlarini izlab topib, Arturoni u bilan aynan o‘sha yerda uchrashgan deb da’vo qila boshlaydi. Rodrigesning o‘zi buni rad etadi va taqdim etilgan suratlar mehmon bo‘lgan kechada olinganini aytadi.

    Braziliya politsiyasi ishni yopgach, Gattining oilasi xususiy tergovchilarni yollaydi. Ikki yildan keyin ular Arturo o‘ldirilgan degan xulosaga keladi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bokschining jasadi yiqilgan joyda bo‘lishi mumkin emas (sumkaning tasmasi uzilgan va Gattining jasadi poldan topilgan). Qolaversa, sobiq jahon chempioni qonga belanib yotgan. To‘g‘ri, o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha nazoratchilar Arturo o‘sha tungi janjalda ochiq jarohatlar olganiga ishora qiladi, ammo uning atrofida haddan tashqari ko‘p qon bor bo‘lgan.

    Umuman olganda bu holatda juda ko‘p savollar javobsiz qoladi. Rodrigesning “Gatti ko‘pincha polda uxlardi” degan gaplariga ham ishonish qiyin. Xuddi shu kabi uning erini polda qonga belanib yotganini ko‘rmaganini ham aqlga sig‘dirish mushkul. Marhumning ko‘plab do‘stlari Amanda “millionlar ovchisi” bo‘lgani va Arturodan faqat pul talab qilganini da’vo qiladi. Ammo qizni himoya qiladiganlar ham topilgan, ular uning eri bilan barcha janjallariga sevgilisini yomon odatlar va giyohvandlikdan uzoqlashtirish istagi sabab bo‘lganini aytadi.

    2011-yilda olti nafar yetakchi ekspert ishtirokidagi katta va shov-shuvli matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda Braziliya politsiyasidan tergovni qayta boshlash va Rodrigesni asosiy gumondor sifatida belgilash so‘raladi. Ammo barcha yangi to‘plangan faktlar huquq-tartibot xodimlari uchun yetarli bo‘lmaydi. Natijada ekspertlar guruhi Gattini yana o‘z joniga qasd qilgan deb e’lon qiladi va shu bilan ish to‘laligicha yopiladi.

    Arturoning sobiq murabbiyi Baddi Makgirt esa hamon shogirdning bunday ish qila olishiga ishonmasligini aytib keladi.

    “Uning o‘z joniga qasd qilishiga ishonmayman. Ishonchim komilki, u o‘ldirilgan”, — deydi mutaxassis.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ehtimol, Gatti o‘limining siri hech qachon ochilmas. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham Arturo va uning buyuk janglari avlodlar xotirasida abadiy qolishi shubhasiz.

    Boshqa maqolalar: 

    • Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida
    • Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida

    10.02.2022, 15:01   Izoh (0)   55573
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sadio Mane “Real” yoki “Barselona”dan taklif tushsa, “Liverpul” bilan xayrlashishga tayyor

    10.02.2022, 13:40

    “Barselona” yozda uch nafar hujumchisi bilan xayrlashmoqchi

    10.02.2022, 11:18

    APL. Peshqadam “Manchester Siti”da ishonchli g‘alaba, “Tottenhem” esa 5 ta gol urilgan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi

    10.02.2022, 06:13

    Italiya Kubogi. “Milan” “Latsio”ni tor-mor keltirib, yarim finalga yo‘l oldi

    10.02.2022, 05:51

    “Chelsi” qiyinchilik bilan “Al-Hilol”ni yengib, klublar o‘rtasidagi JCh finaliga chiqdi

    09.02.2022, 23:26

    Shahboz Umarov “BATE” safida super gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

    09.02.2022, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda deputatlarga chet el safariga chiqish taqiqlandi

    Qirg‘iziston | 4 iyun, 13:02

    Shavkat Mirziyoyev Li Je Myongni Janubiy Koreya yangi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 12:40

    Qashqadaryoda sobiq IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 12:32

    AQSH ayrim xorijiy amaldorlarga viza cheklovlarini joriy etdi

    Dunyo | 4 iyun, 12:27

    Quyosh faolligi Ilon Maskning orbitadagi qurilmalariga tahdid solmoqda

    Dunyo | 4 iyun, 12:17

    Arnold Shvarsenegger “o‘rta yosh inqirozi”ni yengish uchun uyida mini-zoopark tashkillashtirdi

    Layfstayl | 4 iyun, 12:12

    “Barselona” UEFA tomonidan jazolanishi mumkin

    Sport | 4 iyun, 12:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.